<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Odamlar zulmatni
 Nechun sevishar,
 Gʻam alam chekishib
 Gʻurbatda yashar.
 Kundan kun gunohlar
 Ummoni toshar
 Dunyoga Nur keldi
 Iso Masih U!

[V2]
 Yoritar qalbingiz
 Tubigacha U,
 Fosh qilar yashirin
 Aybigacha U
 Najot berib Sizga
 Abadiiy-mangu
 Dunyoga Nur keldi
 Iso Masih U!

[V3]
 Dunyoda solih yoʻq
 Aytadi Kalom,
 Kim boʻlma farqi yoʻq
 Gunohkor, aʼvom.
 Gunohkorni oqlash
 Debon mudaom
 Dunyoga Nur keldi
 Iso Masih U!

[V4]
 Xar bir qalbni chertar:
 &quot;Ochsang kiraman,
 Ishonsang bir umr
 Sen-la yuraman,
 Imon keltir-debon-
 Rabbing boʻlaman!&quot;
 Dunyoga Nur keldi
 Iso Masih U!.

[V5]
 Bugun Haqiqatga
 Tutinglar quloq,
 Qalbingiz Nur bilan
 Boʻladi oppoq.
 Ruhda siz boʻlasiz
 Solih, chaqoloq!
 Dunyoga Nur keldi
 Iso Masih U!

[V6]
 Man-man boʻlmang aslo
 Kamtar qalb boʻling
 Inoyat taxtiga
 Bosh eging, toʻling
 Xudoga uzatgin
 &quot;Najot&quot;- deb qoʻling
 Dunyoga Nur keldi
 Iso Masih U!

[V7]
 Sano ayt yuragim
 Sano yashnatar,
 Rabbim kelib bir kun
 Koʻz yoshim artar.
 Masihda yuragim
 Faxrla aytar:
 &quot; Dunyoga Nur keldi
 Iso Masih U! &quot;</lyrics>
<title>Dunyogan Nur keldi</title>
<author>Ulugʻbek Abduhalimov, Ravshan Xizirov</author>
</song>